ARZIRUM
ARZIRUM — Turkiyaning shimoliy- sharqidagi shahar. Arzirum elining ma’muriy markazi. Aholisi 242 ming kishi (1990). Temir yo’l stantsiyasi, avtomobil yo’llari tuguni, oziq-ovqat, to’qimachilik, ko’nchilik, mebel va metallsozlik korxonalari bor; vagon va lokomotivlar ta’mirlanadi. Universitet bor. Arzirum yaqinida temir rudasi koni topilgan. Arzirum qadimda turli davlatlar tarkibida bo’lib ketgan va har xil nom bilan atalgan. 11-asrda Saljuqiylar qo’l ostiga o’tgach, hozirgi nom bilan atalgan. 1514 yildan Usmonlilar saltanati tarkibida. Arzirum va uning atrofi bir necha marta urush maydoni bo’lgan. Arzirumni 1829, 1878, 1916-18 yillarda rus qo’shinlari bosib olgan. Kamolchilar inqilobi davrida, ya’ni 1919 yildan inqilobchilarning asosiy markazlaridan biri bo’lgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz