ARYAVARTA (“oriylar mamlakati”) — shimoliy Hindistonning Markaziy qismining qadimgi hindlar tomonidan atalishi. Qadimgi hindlarning tasavvuricha, Aryavarta mamlakatida Hindistonning boshqa xalqlariga qaraganda “olijanob” kishilar yashagan. Bunday qarashlar bejiz bo’lmagan, albatta, chunki Hindistonning aynan mana shu qismi qadimgi hind tamadduni (tsivilizasiyasi)ning o’chog’i, Mauriyalar davlati joylashgan o’lka bo’lgan. Bu yerda Brahmanizm, buddizm va jaynizm kabi dinlar shakllangan, unda yashagan xalqlarning adabiy tillari — Sanskrit va pali — butun Hindistonning adabiy tiliga aylangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish