ARXOZAVRLAR
ARXOZAVRLAR (Archosaura) — sudralib yuruvchilar kenja sinfi. Yuqori Perm davridan ma’lum. Bosh suyagida 2 ta chekka suyagi va ko’z oldi tuynugi bo’ladi. Chanoq suyagi 3 yoki 4 nurli. Terisi qalin sovut bilan qoplangan. Arxozavrlar mezozoy erasida yer yuzida eng keng tarqalgan va juda xilma-xil turlardan iborat sudralib yuruvchilar guruhi bo’lgan. Ayrim Arxozavrlar ikki oyoqda tik yurgani uchun orqa oyoqlari, dumi va dumg’azasi kuchli rivojlangan, lekin oldingi oyoqlari va boshi kichik bo’lgan. O’txo’r yoki yirtqich hayot kechirgan Arxozavrlarga tekodontlar, timsohlar, kaltakesakchanoqlilar, qo’shchanoqlilar, dinozavrlar va uchar kaltakesaklar turkumlari kiradi. Arxozavrlardan arxeopteriks kelib chikdan. Arxozavrlardan hozir faqat timsohlar saqlanib qolgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz