ARXIMITSETSIMONLAR (Archimycetes) — gifi (tanasi) bo’lmagan yoki juda sust rivojlangan tuban zamburug’lar sinfi. 350 ga yaqin turi bor. Asosan bir hujayrali va bir yadroli organizmlar, zoospore orqali ko’payadi, faqat ayrim turlarigina rivojlanishning boshlang’ich davrlarida ikki yadroli bo’ladi, ba’zi turlari izogametalarning qo’shilishi (kopulyasiya) yo’li bilan urchiydi. Arximitsetsimonlar juda mayda, uni mikroskopda ko’rish mumkin. Bu sinfga mansub zamburug’lar asosan suvda yoki nam joylarda o’sadigan suvo’tlar va yuksak o’simlik (masaalan, karam, kartoshka va boshqa) larda parazitlik qiladi, o’simliklarning kasallanishi va chirishiga sabab bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish