ARXEOSIATLAR



ARXEOSIATLAR (Archeocyathida) -qirilib ketgan umurtqasiz jonivorlar turkumi. Bo’yi 6 — 8 santimetr, eni 1-2 santimetr. Kembriy davridagi dengizlarda yashagan. Arxeosiatlar g’uj bo’lib to’plangan joylarda keyincha riflar vujudga kelgan. 100 metrgacha chuqurlikdagi suv tubiga yopishib yashagan. Yer yuzidan Arxeosiatlar qariyb 400 turining qoldiqlari topilgan. Ular yordamida kembriy davri yotqiziqlari o’rganilib, ularning stratigrafik sxemasi tuziladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz