ARXEOLOGIYA BUYUMSHUNOSLIGI



ARXEOLOGIYA BUYUMSHUNOSLIGI — arxeologiyaning har bir arxeologik davrga oid buyum va jihozlarni o’rganadigan sohasi. Har bir buyumning o’ziga xos kelib chiqish va taraqqiyot tarixi bor. Hozirgi kunda ishlatilib turgan buyumlar (pichoq, qozon, piyola, kosa) ibtidoiy zamonlardan boshlab necha bosqichlarni o’tib, so’nggi holatida bizga yetib kelgan. Har bir tarixiy davr va bosqichning buyumlar majmuasi arxeologiya fanida oydinlashadi. Shuning uchun har bir davrning buyum va jihozlarini o’rganishda Arxeologiya buyumshunosligining ahamiyati katta.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz