ARTERIYALAR (Yunoncha arteria — havo kanali) — yurak va aortaaan chiqib, o’pka alveolalarida kislorodga boyigan qonni barcha a’zo va to’qimalarga eltuvchi qon tomirlar. Arteriya qoni odam vafotidan so’ng vena tomirlariga o’tib ketadi. Shu sababli Gippokrat arteriya tomirlaridan jon oqadi, degan. Odatda yurakdan chiqqan barcha tomirlar (qon tarkibidan qat’i nazar) arteriya, yurakka keladigan tomirlar vena tomiri bo’ladi. Yurakdan chiqib o’pkaga boradigan tomir (tarkibida vena qoni bor) — o’pka arteriyasi bundan mustasno. Arteriyalar devori uch qavat (ichki — endoteliy, o’rta — muskul, tashqi — parda) dan iborat. Katta diametrli Arteriyalar devorida elastik to’qima ko’p bo’ladi. Arteriyalar juda ko’p marta o’zaro qo’shilib arteriya to’ri va anastomozlar hosil qiladi. Bo’lar arteriya jarohatlanganda o’rinbosar vazifasini bajaradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish