ARTASHES I
ARTASHES I (Artaksiy) (? – taxminan miloddan avvalgi 160) — arman shohi (miloddan avvalgi 189 -160), sarkarda, arman podshohligi va Artasheslar sulolasining asoschisi. Miloddan avvalgi 190 yil armanlarning salavkiylarga qarshi boshlagan isyoniga rahbarlik qilib, Buyuk Armanistonni mustaqil deb e’lon qilgan (miloddan avvalgi 189) va podshoh unvonini qabul qilgan. Yerga bo’lgan xususiy mulkni mustahkamlovchi islohot o’tkazgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz