ARTASHAT — Armanistondagi shahar (1961 yildan), Arake daryosi bo’yida. Temir yo’l stantsiyasi. Yerevan-Julfa avtomobil yo’li yoqasida. Aholisi 32,3 ming kishi (1989). Vino va konserva tayyorlash, yengil, yog’ochsozlik, mashinasozlik va metallsozlik sanoati korxonalari bor. Uzum yetishtiriladigan rayonning (shu jumladan qimmatli va noyob navlari) markazi. Qadimdan hunarmandchilik rivojlangan. Artashatda birinchi arman teatri qurilgan. Artashat yaqinida qadimgi Armaniston poytaxti xarobalari saqlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish