ARSLONQUYRUQ
ARSLONQUYRUQ (Leonurus L.) – yalpizdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik va bir yillik o’tlar turkumi. 14 turi ma’lum. O’rta Osiyoda 4 turi o’sadi. Yer ustki qismi tarkibida alkaloidlar, saponinlar — oshlovchi va boshqa moddalar bor. Damlama va nastoykasi yurak, gipertoniya kasalliklari, asabiylikda (tinchlantiruvchi dori sifatida) qo’llaniladi. Toshkent Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi tog’li yerlarda 2 turi uchraydi. Shundan Turkiston Arslonquyruq (L. turcestanicus) ni xalq yuqoridagi kasalliklarni davolashda ishlatib kelgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz