ARSIYAN TIZMASI – Gruziyaning Janubiy qismi va Turkiyadagi tog’tizmasi. G’arbda kichik Kavkaz tog’lari bilan tutashib ketadi. Eng baland nuqtasi 3165 metr (Arsiyan cho’qqisi). Umumiy uzunligi 150 kilometr chamasida. Asosan gilli slanes hamda qumtoshlardan va vulkan jinslari (lava, tuf) dan tarkib topgan. Tog’yon bag’irlarining pastrog’i qoraqayin, kashtan, yuqorirog’i qoraqayin va oqqarag’ay, qoraqarag’ay o’rmonlari bilan qoplangan, undan ham balandda Alp o’tloqlari bor.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish