ARSHI A’LO



ARSHI A’LO (Arabcha, Arsh — taxt, a’lo — buyuk) — buyuk taxt. Islom aqidasiga ko’ra, Arsh yer, osmonlar, yulduzlar va Kursiydan ham katta hajmdagi mavjudot. Alloh yaratgan barcha narsadan u buyuk va kattadir. Qur’oni Karim oyatlarida Arshi a’lo to’g’risida 23 joyda bayon etiladi. Masalan, “Hud” surasining 7-oyatida: “Alloh shunday (buyuk va qudratli) zotdurkim, yeru osmonlarni olti kunda yaratdi, holbuki uning Arshi suv ustida edi”, deyiladi. Islom ta’limoti bo’yicha Arsh va boshqa buyuk mavjudotlarni yaratishdan Allohning maqsadi ulardan o’zi yoki boshqalar foydalanishi yoxud ularga ehtiyoji borligi uchun emas, balki o’zining qudrat va imkoniyati naqadar cheksiz ekanligini namoyon etishdir. Ba’zi noto’g’ri aqida egalari, Arsh Allohning taxti, unda makon tutib o’tiradi, deb xatoga ketadilar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz