ARSHAK
ARSHAK (? – miloddan avvalgi 248-247) – Parfiyada hukmronlik qilgan sulola asoschisi. Kaspiy dengizining Janubi-sharqida yashagan Parn qabilasining boshlig’i bo’lgan. Arshak aslida qabila boshlig’iga berilgan unvondir. “Ar” (yer) so’zi Botir, Mard, Bahodir, Pahlavon demakdir; Arshak esa shaklarning botiri ma’nosini anglatadi. Ba’zi tarixchilar (V. G. Lukonin) Arshakni qadimgi pahlaviycha Kavi Arshan — Bahodir kamonchi nomi bilan bog’laydilar. Parfiya podsholari ichida faqat sulola asoschisi (Arshak 1) gina shu ismda bo’lgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz