ARQON TUTISH



ARQON TUTISH – turkiy xalqlar to’y marosimidagi qadimgi udumlardan biri. Kelinni kuyovnikiga olib kelayotganlarida kelinning qo’shnilari, yaqinlari, mahalla va qishloq yigitlari aravaning yo’lini to’sib, sovg’a va in’om talab qiladi. Buning uchun arg’amchi tortib yo’lni to’sadilar. Arqon tutgan kishilarga kelin tomonidan oldindan tayyorlab qo’yilgan noz-ne’matlar, belbog’, ro’molcha yoki pul berishgan. Bu udum O’zbekistonning barcha viloyatlarida mavjud. Kelin xoh otda, xoh arava yoki mashinada bo’lsin, yo’l-yo’lakay bolalar yo’l to’sishgan. Garchand kelin tushgan ulov bu to’siqdan bemalol o’tib ketishga qodir bo’lsa ham, bunday qilinmagan. Aksincha qizning onasi baholiqudrat berib yuborgan tugundan nonmi, bo’g’irsoqmi, qatlamami berilib, arqon tutuvchilarning ko’ngli xushnud etilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz