ARQON KO’PBURCHAGI – kuchlar tizimining tayanch reaktsiyalari va teng ta’sir etuvchi kuchlarini topish, eguvchi momentlar epyuraparini yasash, arkasimon va osma tizimlarning eng maqbul qiyofalari (shakllari)ni aniqlash hamda yasen jismlar statistikasiga doir boshqa masalalarni yechishning grafik usulida foydalaniladigan ko’pburchak. Ikki uchi tang’ib bog’langach ip (arqon) ning bir necha nuqtasiga qo’yilgan kuchlar bilan tarang tortilishi natijasida hosil bo’lgan ko’pburchak Arqon ko’pburchagidir. Arqon ko’pburchagi kuch ko’pburchagi bilan birga yassi kesimlarning geometrik xarakteristikalarini aniqlashda, muhandislik gidravlikasi, iqtisodiyotning ba’zi masalalarini yechish va boshqalarda ham qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish