AROMATIK UGLEVODORODLAR
AROMATIK UGLEVODORODLAR – molekulasida benzol yadrosi bo’lgan uglevodorodlar. Aromatik uglevodlarning asosiy vakillari benzol (S6N6) va uning hosilalaridir (masalan, toluol — S6N5 — SN3, stirol — S6N5— SN = SN2 va boshqalar). Benzol yadrolari kondensirlangan Aromatik uglevodlarga naftalin, antratsen, fenantren va boshqalar kiradi. Ba’zi kondensirlangan Aromatik uglevodlarning molekulasi juda ko’p benzol yadrosidan tashkil topgan bo’ladi. (Masalan, koronenda 6 ta). Aromatik uglevodlarning asosiy manbai toshko’mirni kokslash natijasida olinadigan mahsulotlardir. Neftdan ham ko’p miqdorda Aromatik uglevodlar olinadi. Ayrim Aromatik uglevodlar sintetik usullar bilan olinadi. Aromatik uglevodlar muhim ahamiyatli xilma-xil aromatik birikmalar olish uchun boshlang’ich mahsulotdir. Ular yordamida aromatik ketonlar, aldegidlar, kislotalar hosil qilish mumkin.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz