ARMSTRONG LUI DANIEL (1900.4.7,_ Nyu—Orlean — 1971.6.7, Nyu-York) — afroamerikalik sozanda (truba), xonanda, aktyor, jaz san’ati asoschilaridan. Ilk jaz ansambllarining tashkilotchisi va ishtirokchisi. Chikago va Nyu-York jaz-orkestrlarida qatnashgan. 1947 yil “Lui Armstrongning barcha yulduzlari” ansamblini tashkil qilib, u bilan birga Evropa, Afrika, shimol va Janubiy Amerikada gastrolda bo’lgan. O’ziga xos ehtirosli va badihago’y ijro uslubini yaratgan. Bir necha blyuz va qo’shiqlar muallifi. Mohir truba ijrochisi sifatida ko’pgina tanlovlarda oliy mukofotlar bilan taqdirlangan. 1938 yildan kinoda suratga tushgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish