ARMILLYAR SFERA



ARMILLYAR SFERA (lotincha armilia – halqa) — qad. astronomik asbob; yoritqichlarning koordinatlarini aniqlashda qadim zamonlardan qo’llanib kelgan. Gradus va minutlarga bo’lingan bir necha halqalardan iborat. Halqalarning tekisliklari osmon sferasining asosiy tekisliklariga parallel joylashtirilgan. Armillyar sferaga yoritqichlarni kuzatish uchun dioptrlar ham o’rnatilgan. 16-asrgacha qo’llanilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz