ARISTOV NIKOLAY ALEKSANDROVICH



ARISTOV NIKOLAY ALEKSANDROVICH (1847 — ?) — sharqshunos olim va etnograf. Ettisuv aloqa boshqarmasi qoshida har xil ma’muriy vazifalarda (1868 — 81) va Yettisuv harbiy gubernatorining yordamchisi lavozimida (1881 — 89) ishlagan. 1883 yildan Rossiya geografiya jamiyatining a’zosi. Aristov asarlarida qozoq va qirg’izlarning urug’-qabilalari hayoti yoritilgan. Ularda o’zbek urug’ va qabilalari haqida ham ma’lumotlar bor. Shuningdek, 19-asr oxiridagi ingliz-afg’on munosabatlari tarixi, Hindiston bilan chegaradosh afg’onlarning siyosiy ahvoli va afg’on xalqining Britaniya mustamlakachilariga qarshi kurashlari ham bayon etilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz