ARIOZO



ARIOZO (italyancha arioso — ariyaga o’xshash) — 1) erkin shaklda yaratilgan kichik ariya. Ko’pincha operalarning rechitativli sahnalari o’rtasi (yoki oxiri) da foydalaniladi. Ariozo Kozlovskiyning “Ulug’bek” operasidagi Ulug’bek va chol, M. Yusupovning “Xorazm qo’shig’i” operasidagi Dildor, R. Hamroyevning “Zulmatdan ziyo” operasidagi Gulnor Ariozolari; 2) vokal va cholg’u musiqasida kichik shaklli lirik, vazmin sur’atli asar. S. Yudakovning “Muborakbod” kantatasidagi “Ona Allasi” va boshqalar; 3) tabiatan kuychan ijro uslubi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz