ARIETTA
ARIETTA (italyancha arietta) — 1) kichik ariya, odatda 2 qismli shaklda sodda bayoni va kuyining qo’shiqsimon xarakteri bilan ajralib turadi. Masalan, M. Yusupovning “Xorazm qo’shig’i” operasidagi Bahor Ariettasi; 2) 18-asr 1-yarmi frantsuz operasida da capo ariyasi, italyancha matnga aytilgan. Italyan operasida sahna voqealari rivojiga bog’lanmaganligi bilan Ariyadan farqlanadi, divertismentda faqat “kiritilgan” nomer sifatida ishlatiladi; 3) frantsuz hajviy operasida — xalq ruhidagi yakkaxon ashula (ariya)si. Ba’zan, Arietta nomi cholg’u asarlarga nisbatan ham ishlatiladi. Masalan, B. Gienkoning fortepiano uchun “Bolalar albomi”dagi Arietta.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz