ARID TUPROQ



ARID TUPROQ (lotincha aridus — quruq, qurg’oqchil) — bug’lanadigan namlik miqdori yog’inlar miqdoridan ortiq bo’lgan cho’l va chala cho’l zonasiga mansub kam unum tuproq. Arid iqlimli yerlarda vujudga kelgan. Arid tuproq yuvilmaydigan suv rejimiga ega bo’lganligi sababli tuproq profilida yoki tuproq osti qatlamlarida karbonatlar, sulfatlar, xloridlar to’planadi. O’zbekistondagi qumli cho’l tuproqlari, taqirli tuproqlar va taqirlar Arid tuproqga kiradi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz