ARG’UVON (Cercis) — burchoqsoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi. Yevropa va Osiyoda S. siliquastrum turi tarqalgan. Bu tur yovvoyi holda O’rta dengiz atrofida ham uchraydi. O’rta Osiyo, Qrim va Kavkazda xushmanzara o’simlik sifatida ekiladi. Arg’uvonning yovvoyi turi (S. griffithii) Afg’onistonda hamda O’rta Osiyoning Pomir-Oloy va G’arbiy Tyanshan tog’larida uchraydi. O’zbekistonda Qurama va Ugam tog’larida o’sadi. Yog’ochi yumshoq va oq bo’lganligi uchun duradgorlikda bag’dodi uslubida o’yiladigan naqqoshlikda keng qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish