ARGUSLAR



ARGUSLAR — qirg’ovullarning ikkita, bir-biriga yaqin monotipik urug’lari (Argustanus va Rheinartia). Ikkinchi darajali oqish patlarida juda ko’p ko’zsimon dog’lari bo’ladi. Katta Arguslar (Arguslar argus) Myanma, Malakka, Sumatra va Kalimantan o’rmonlarida tarqalgan, xo’rozining uzunligi 1,7 — 2 metr (shundan 1,2 metr dumidagi o’rta boshqaruv patiga to’g’ri keladi). Kokildor Arguslar Laos, Vetnam va Malakkaning tog’o’rmonlarida tarqalgan. Yashirin hayot kechiradi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilotining qizil kitobiga kiritilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Uzpedia.uz