ARGUS — yunon afsonalaridagi ko’p ko’zli pahlavon, sergak soqchi; ko’zlarining bir nechasi doim ochiq bo’lgan. Gera sigirga aylantirilgan Io (Zevsning sevgilisi) ni qo’riqlashni Argusga topshiradi. Germes Argusning hamma ko’zlarini uxlatib o’ldiradi va ioni ozod qiladi. Ko’chma ma’noda — Argus ziyrak, sergak demakdir.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish