ARGONAVTLAR
ARGONAVTLAR (Yunoncha Argonautai; Argo — kema nomi va nautes — dengizchi) — yunon mifologiyasidagi qahramonlar. Argonavtlar “Argo” kemasida ajdaho qo’riqlab turadigan oltin terini olib kelish uchun Yason boshchiligida Kolxidaga boradilar va sehrgar Medeya yordamida uni qo’lga kiritib, Yunonistonga olib keladilar. Argonavtlar haqidagi mif yunon dengizchilarining Qora dengiz qirg’oqlariga suzib kelishlari ko’hna tarixini aks ettiradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz