ARG’IMCHOQ
ARG’IMCHOQ — o’yin-ermakka uchiladigan tebranma moslama. Odatda Arg’imchoq daraxtning katta butog’iga yoxud imorat xarisiga osilib, ikki uchiga taxta (o’rindiq) bog’langan arqondan iborat. Sanoatda ishlab chiqariladigan Arg’imchoqlar birmuncha murakkab: ularning o’rindig’i, arqon yoki metall osmasi va boshqa qismlari bo’ladi. Xonadonlarda, bog’chalarda, istirohat bog’larida foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz