ARENDS ALFRED KARLOVICH
ARENDS ALFRED KARLOVICH (1893, Peterburg — 1978, Toshkent) — sharqshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1970). Filologiya fanlari Doktori (1963). 1-jahon urushida qatnashgan. 1936 yildan sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. O’rta Osiyo universitetining Sharq fakultetida Eron Filologiya kafedrasi mudiri (1947 — 52). 1952 yildan O’zbekiston Sharqshunoslik institutida ishlagan. Arends “Tarixi Mas’udiy” kitobining ilmiy-tanqidiy matni va ilmiy tadqiqoti mavzuida ilmiy ishlar olib borgan. O’zbekistonda sharqshunoslik fanini rivojlantirishda, yosh olimlar yetishtirish va tarbiyalash sohasida muayyan xizmat ko’rsatgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz