ARENA
ARENA (lotincha arena — qum) — 1) qadimgi Rim tomoshaxonalarining amfiteatr o’rtasidagi qum sepilgan aylana maydoni. Sport o’yinlari, gladiatorlar urushi, o’limga mahkum etilganlarning yovvoyi hayvonlar bilan jang tomoshasi uchun mo’ljallangan; 2) hozirgi zamon tsirkida tomosha joyi, o’yin maydoni. U hozir manej deb ataladi. Tsirk Arenasining diametri 13,5 metr; 3) sport maydoni — maxsus sport turlari bo’yicha o’quv trenirovka mashg’ulotlari va musobaqalari o’tkazishga mo’ljallangan, yetarlicha jihozlangan maxsus sport inshooti, o’yingoh sahni, boks, yengil atletika, kurash va shu kabi musobaqalar joyi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz