ARBOVIRUSLAR



ARBOVIRUSLAR – qon so’ruvchi hasharotlar (chivin, iskabtopar, kana va boshqalar) orqali tarqaladigan viruslar. Ularda RNK bo’ladi. Hozir 300 dan ortiq turi ma’lum. Ular bo’g’imoyoqlilar organizmida yashab, hasharotlar chaqqanda o’tadi. Arboviruslarning 100 dan ortiq turi odamlarda har xil yuqumli kasalliklar (masalan, gemorragik isitma, sariq isitma va boshqalar) ni qo’zg’atadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz