ARBOB



ARBOB (Arabcha — xo’jayin, ega so’zining ko’pligi) — 1) ijtimoiy-siyosiy va boshqa faoliyati bilan xalqqa tanilgan, el orasida obro’qozongan mashhur shaxslar — jamoat va davlat Arboblari (masalan, Alisher Navoiy); 2) fan va san’atda o’z ijodiy mehnatlari bilan tanilgan shaxslar — fan va san’at Arboblari (masalan, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan Arboblari — T. N. Qori-Niyoziy, O. Sodiqov, S. Yunusov, I. Mo’minov; O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at Arbobi — Nabi G’aniyev va hokazolar). O’zbek amaliy san’atida ajoyib asarlari bilan mashhur bo’lgan talantli ustalar ham Arbob deb atalgan. Masalan, xorazmlik taniqli me’mor, o’ymakor, naqqosh usta Ro’zimat Masharipov xalq orasida Arbob nomi bilan mashhur bo’lgan; 3) boshliq, rahbar, qishloq oqsoqoli; 4) 18-asr o’rtasi — 20-asr boshlarida Buxoro amirligida qishloq miroblarining boshlig’i.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz