ARBITRAJ
ARBITRAJ (Fransuzcha arbitrage) – 1) hakamlar sudi, bunda tomonlar o’zlari saylab qo’yadigan yoki o’zaro kelishuvga binoan, qonunda belgilangan tartibda tayinlanadigan arbitrlarga (hakamlarga) murojaat qiladi; 2) nizo vositachi sudya (arbitr) tomonidan hal etiladigan hakamlar sudi; xo’jalik munosabati ishtirokchilari o’rtasidagi mulkiy va mulk bilan bog’liq nomulkiy nizolarni hal qilib beradigan organ; 3) davlatlar orasidagi nizolarni tinch yo’l bilan hal etuvchi xalqaro organ (masalan, hakamlar sudining doimiy palatasi; 4) valyuta Arbitraji — bir valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olib, uni ayni vaqtda valyuta kurslari o’rtasidagi farqdan foyda olish maqsadida boshqa valyuta bozorida sotish.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz