ARAVASOZLIK



ARAVASOZLIK – arava yasash kasbi; duradgorlikning qadimdan keng tarqalgan tarmog’i. Arava qattiq, pishiq yog’ochdan yasalgan. Aravasoz usta avvalo yog’och tanlagan. O’zbekistonda aravaning g’ildirak gardishi, gupchagi, o’qi va gardish bilan gupchakni birlashtiruvchi yog’ochlar qayrag’ochdan tayyorlangan, ayniqsa gupchak qayrag’ochning chayir qismidan yasalgan, ba’zan arava o’qi va shotisiga olma daraxti yog’ochidan foydalanilgan. Arava tanasi — shotisi va yuk qo’yiladigan qismini hamma duradgorlar yasay olgan. Aravaning gupchagi, xususan g’ildiragini yasash ancha murakkab va qiyin ish bo’lib, u bir muncha malaka talab qilgan. Shahar va qishloklarda aravalar o’rnini avtomobillar va traktorlar egallagach, Aravasozlikka ehtiyoj kamaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz