ARAUKALIKLAR (o’zlarini mapuche deb ataydilar) — Chilining indeys aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi xalq. Umumiy soni 800 ming kishi (1992), jumladan Chilida 750 ming kishi. Arauka va ispan tillarida so’zlashadi. Asosiy mashg’ulotlari — dehqonchilik va chorvachilik. Dini — katolik, qadimiy diniy e’tiqodlar ham mavjud. Ispanlar kelgunigacha Araukaliklar hozirgi Chilining butun hududiga tarqalganlar. Araukaliklarning bosqinchilar va mustamlakachilarga qarshi kurashi 300 yildan ortiq davom etgan. Hozirgi Araukaliklar Markaziy Chilining Janubiy qismida to’plangan; ularning anchagina qismi rezervatsiyalarda yashaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish