ARALASH EKINLAR – bir ekin maydonida bir vaqtning o’zida yetishtiriladigan ikki va undan ortiq xil qishloq xo’jalik ekinlari. Aralash ekinlardan bir turdagi ekinlarga qaraganda ancha yuqori hosil olinadi. Sug’oriladigan dehqonchilik zonalarida ko’p yillik o’simliklarni, masalan, bedani makkajo’xori, suli, arpa bilan, bir yillik o’simliklarni, masalan, javdarni burchoq, no’xat bilan, arpani burchoq, no’xat bilan aralash ekish eng ko’p tarqalgan. Bunday ekinlarni ekish muddatlari ekin turlari xususiyatlariga ko’ra har xil bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish