ARAGON (Aragon) Lui (1897 – 1982) — frantsuz yozuvchisi va jamoat arbobi. Ijodini shoir-syurrealist sifatida boshlagan. Turkum romanlari “Mavjud dunyo”(1934 — 51) chiqqan. Qarshilik harakati ishtirokchisi, qarashlari “Yurakka qadalgan pichoq” she’riy to’plami (1941) da va hikoyalar to’plami (“Frantsuzlarning buyukligi va tushkunligi”, 1945) da aks etgan. Tarixiy roman — “Pasxa arafasidagi hafta”(1958), roman— “Anri Ma-tiss”(1971), “Teatr-roman”(1957) asarlari muallifi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish