ARAD — Ruminiya g’arbidagi shahar, Arad judesining ma’muriy markazi. Aholisi 190 ming kishidan ziyod. Buxarest — Budapesht magistralidagi yirik temir yo’l tuguni. Mashinasozlikning yirik markazi. To’qimachilik, oziq-ovqat, kimyo, yog’ochsozlik sanoati mavjud. Mebel ishlab chiqariladi. Veterinariya instituti bor. Shahar 12-asrdan ma’lum.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish