ARABISTON G’O’ZASI, areyzian g’o’zasi (Gossypium areysianum Defl.) — yovvoyi g’o’za turi. Genomi F3, xromosomalar soni 2p=26. Birinchi marta M. A. Deflers ta’riflab bergan. 1953 yildan o’rganilmoqda. Arabiston yarim oroli Janub qismi, xususan Yamanda (issiq joylardagi dara va jarliklarning Toshloq yoqalarida o’sadi) tarqalgan. Arabiston g’o’zasi tik o’suvchi monopodial buta, bo’yi 3 metrgacha yetadi. O’simlikning ko’sagi mayda, dumaloq, uchi o’tkir, uch chanoqli, pishib yetilishi bilan tukilib ketadi. Har bir chanog’ida 2 — 3 tadan chigit buladi. Chigiti mayda, uzunchoq, 9 — 11 millimetrgacha uzunlikdagi kulrang mayin tuklar bilan qoplangan. Arabiston g’o’zasi qurg’okchilikka chidamli bo’lib, dengiz sathidan 700 — 2000 metr balandlikdagi juda issiq joylarda o’sadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish