ARAB XALIFALIGI
ARAB XALIFALIGI (632 – 1258) -Arabiston yarim oroli, Yaqin va O’rta Sharq, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Markaziy Osiyo va Kavkazortini o’z ichiga olgan saltanat. 7 — 8-asrlarda tashkil topgan. Arab xalifaligi asoschisi payg’ambar Muhammad (as) ning eng yaqin safdoshi xalifa Abu Bakr – Arablar yuqorida zikr etilgan mamlakatlarni 633-715 yillar orasida bosib olganlar. Bu mamlakatlar asosan “Xulafo ar-roshidin” (“To’g’ri yo’ldan boruvchi xalifalar”) va umaviylar zamonida fath etildi. Lekin abbosiylar bu ulkan hududni butun saqlab qololmadilar. Ichki ixtiloflar ta’siri ostida Arab xalifaligi 8-asrning oxirlaridan boshlab mayda-mayda qismlarga parchalanib keta boshladi: 788 yil Mag’ribning g’arbiy qismida (hozirgi Marokash) Idrisiylar (788 — 985), uning Sharqiy qismida (hozirgi Tunis) ag’labiylar (800 — 909) hukmronligi o’rnatildi. Xuroson va Movarounnahrda esa 9-asrning 20-yillaridan boshlab mahalliy sulolalar: Tohiriylar (821 – 873), safforiylar (867 – 903) va Somoniylar (875 — 999) bosh ko’tarib chiqdilar. Ular Arab xalifaligiga nomigagina tobe bo’lib, aslida mustaqil hukmdor edilar. Arab xalifaligi 1258 yil mo’g’ullar tarafidan tugatildi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz