ARAB MUHAMMADXON MADRASASI



ARAB MUHAMMADXON MADRASASI — Ichan qal’a ansamblidagi me’moriy yodgorlik (1616, 1838). Arab Muhammadxon madrasani dastlab bir qavatli, oddiy sinchli, trapetsiya shaklida qilib qurdirgan. Serhasham ishlangan ayvon Xiva muzeyida saqlangan. Olloqulixon davrida madrasa binosi murabba tarxli, peshtoq va gumbazli qilib qayta qurilgan. Bosh tarzidagi masjid va hujralar ikki qavatli, ikki burchagida guldastalari bor. Qolgan tomonlaridagi hujralar bir qavatli. Hovli etagida oldi ayvonli masjid qurilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz