AQSh qirg‘oq xavfsizligini saqlash kuni
„
AQSh qirgʻoq xavfsizligini saqlash kuni“ (inglizcha: United States Coast Guard Day) har yili 4-avgustda Amerika Qoʻshma Shtatlarida nishonlanadigan qirgʻoq xavfsizligi xizmatining norasmiy kasbiy bayramidir. „AQSh qirgʻoq xavfsizligini saqlash kuni“ni nishonlash sanasi tasodifan tanlanmagan. Aynan shu kuni, 1790-yil 4-avgustda AQSh Kongressi moliya vaziri Aleksandr Hamilton raisligida Qoʻshma Shtatlar harbiy-dengiz flotini qurish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ushbu qaror qabul qilingan vaqtda respublika dengiz kuchlari oʻnlab kichik va oʻrta kemalardan iborat edi.
Har yili „AQSh qirgʻoq xavfsizligini saqlash kuni“da Michigan shtatining norasmiy ravishda „Dengiz gvardiyasi shahri“ deb ataluvchi Grand-Xeyven shahrida (en: Grand Haven, Michigan) Qoʻshma Shtatlar harbiy-dengiz kuchlari qirgʻoq xavfsizligini saqlash xizmatining keng koʻlamli festivali oʻtkaziladi. Ushbu festival Gran-Heyven merligi tomonidan homiylik qilinadi.
„Qirgʻoq xavfsizligini saqlash kuni“, agar yil kunlariga qarab, dam olish kuniga toʻgʻri kelmasa, ishlamaydigan kun emas.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org