AQIQ



AQIQ, agat — mineral. Xaltsedonning bir turi, qatlamli yoki yo’l-yo’l bo’ladi. Qatlamlarda ranglarning har xil uyg’unlikda kelishiga karab quyidagi xillari farqlanadi: agat oniksi (oq va kora qatlamlar), Karneol oniksi (qizil va oq), sardoniks (qizil-qo’ng’ir va oq), agatlar (zangori-kulrang va oq). Kimyoviy formulasi SiO2. Aqiqdan har xil marjonlar, taqinchoqlar yasaladi, sanoatda esa hovoncha, hovoncha dastasi, tarozi prizmalari, elektr va suv o’lchov asboblarining tagligi, ko’nchilik sanoatida dazmollash g’altaklari va boshqalar ishlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz