AQCHA SVITASI



AQCHA SVITASI (aqcha soyi nomidan) — o’rta toshko’mir davriga mansub svita. 1939 yilda Chatqol tizmasining g’arbiy qismida mustaqil svita sifatida ajratilgan. Aqcha svitasi nordon va o’rta asosli vulkan jinslardan tashkil topgan. Umumiy qalinligi 2500 metr. Aqcha svitasida o’rta toshko’mir davriga mansub toshqotgan o’simlik qoldiqlari topilgan. Aqcha svitasi Chatqol va Qurama tizmalarida keng tarqalgan va bu tog’lardagi Aqcha svitasida nodir metall konlari uchraydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz