APPENDIKS



APPENDIKS (lotincha appendix – o’simta) — ko’richakning pastki qismida joylashgan chuvalchangsimon o’simta. U ko’richakning embrional rivojlanishida o’smay qolgan qismidan paydo bo’lgan. Uzunligi o’rtacha 5 — 7 santimetr, ba’zan 18 — 20 santimetrgacha, diametri 3 — 7 millimetr bo’ladi. O’simta odatda osilgan holatda turadi, uzun bo’lsa, chanoq bo’shlig’igacha boradi. Ba’zida ko’richakning orqa tomonida joylashib, o’ng buyrakka tegib turadi. Appendiksning yallig’lanishi appendisit deb ataladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz