APPAREL



APPAREL (Fransuzcha appareli — kirish yo’li) — 1) qiya tushgan yo’l (harbiy muhandislikda). To’p-zambaraklar, tanklar va boshqa harbiy texnika joylashgan okoplarda ham Apparel keng qo’llaniladi. Qal’alarda Apparel to’plarni tepalikka chiqarish uchun ishlatiladi; 2) temir yo’l platformalarida tank, avtomashina, traktor, raketa qurilmalari kabi jangovar texnikani ortish yoki tushirish uchun ishlatiladigan kiya ko’tarma; 3) binoning ko’tarilgan qismlariga o’tish uchun mo’ljallangan qurilma.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz