ANUSHTEGINIYLAR



ANUSHTEGINIYLAR, Xorazmshohlar — o’zbek davlatchiligi tizimidagi yirik sulolalardan biri (1097-1231). Anushtegin nomidan olingan. Anushtegeniylar Xorazmshoh unvoni bilan davlatni idora qilishgan. 12-asr oxiri — 13-asr boshlari O’zbekiston tarixining muhim davri bo’lib, unda bu mintaqa Sharqda eng kuchli Anushtegeniylar davlatining markaziga aylandi. Anushtegeniylar Islom olamida hukmron mavqega ega bo’lish uchun Abbosiylar xalifaligi bilan raqobat qildilar. Bu davrda Anushtegeniylarning qudrati shu darajada ortdiki, hatto ular endi “Xorazmshoh” degan unvonni ep ko’rmay, o’zlarini “Sulton” deb atay boshladilar. Anushtegeniylar hukmronligim mo’g’ulullar istilosi va so’nggi Xorazmshoh — Jaloliddin Manguberdining halok bo’lishi bilan barham topgan. Anushtegeniylar vakillari: Qutbiddin Muhammad (1097-1128), Otsiz (1128 1156), El Arslon (1156-1172), Sultonshoh Maxmud (1172), Takash (1172-1200), Muhammad (1200-1220), Jaloliddin (1220-1231).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz