ANUS



ANUS, anal teshik — to’g’ri ichakning oxirgi qismi — orqa chiqaruv teshigi. Anus dastavval mustaqil rivojlanib, keyin to’g’ri ichakning pastki qismiga ochiladi. Ba’zan to’g’ri ichak bilan Anus o’rtasida parda saqlansa, chaqaloqda ich bo’shalmaydi. Bunda jarrohlik yo’li bilan parda teshiladi. Anus devorining ichki, shilliq qavati uzunasiga joylashgan burmalardan iborat bo’lib, vena qon tomiri chig’allariga boy. Anusning muskul qavati ko’ndalangtarg’il muskullardan iborat bo’lib, ixtiyoriy qisqaradi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz