ANUCHIN DMITRIY NIKOLAYEVICH
ANUCHIN DMITRIY NIKOLAYEVICH (1843.27.8, Peterburg – 1923.4.6, Moskva) — rus antropologi, geografi, etnografi va arxeologi, Rossiyada antropologiya fani asoschilaridan biri. Peterburg Fanlar Akademiyasi akademigi (1896) va faxriy a’zosi (1898). Tabiatshunoslik, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyati prezidenti (1890 yildan). Rossiyada geograflar maktabini uyushtirgan. Asarlari etnik antropologiya va antropogenez, etnografiya, ibtidoiy arxeologiya, umumiy tabiiy geografiya, mamlakatshunoslik va fan tarixiga oid.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz