ANTONIY



ANTONIY Mark (Marcus Antonius) (miloddan avvalgi 83 — 30) — Rim siyosiy arbobi va sarkardasi. Antoniy 58 yilda Falastin va Misrga qarshi yurishda Shuhrat qozondi. 54 yilda Tsezar bilan birga Galliya urushida ishtirok etdi. Respublikachilar tormor qilingandan keyin (42) Antoniy Sharqiy viloyatlarga hokim qilib tayinlandi. U yerda Misr malikasi Kleopatraga uylandi. Sharqdagi ko’pgina yerlarni egallab, Kleopatraning bolalariga hamma viloyatlarni taqsimlab berdi. Antoniyning bu ishlaridan norozi bo’lgan Senat unga qarshi urush e’lon qildi. 30 yilda aktsiy burni yonida bo’lgan jangda u Oktavian avgustdan engildi. Misrga qochib, u yerda o’zini o’ldirdi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz