ANTISFEN (miloddan avvalgi taxminan 450 — taxminan 360, Afina) — yunon faylasufi, kiniklar maktabi asoschisi, Sokrat shogirdi. Platonning g’oyalar to’g’risidagi ta’limoti dushmani. Antisfen ta’limoti asosan amaliy yo’nalishda bo’lgan; u ehtiyojlardan voz kechishga, zohidlarcha hayot kechirishga da’vat qilgan. An’anaviy din va an’anaviy davlatni rad etgan. Uningcha, oqil kishi biron-bir davlatga tegishli bo’lmay, butun dunyo tabaasi (fuqarosi)dir.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish